18:10 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
364 0 0

Migrantlar uchun rus tili va Rossiya tarixidan kompleks imtihon oʻtkazishga yagona yondashuv toʻgʻrisidagi qonun Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlandi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Migrantlar uchun rus tili va Rossiya tarixidan kompleks imtihon oʻtkazishga yagona yondashuvlar toʻgʻrisidagi qonun Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Qabul qilingan hujjatda chet el tili sifatida rus tilidan, Rossiya tarixi va uning qonunchiligi asoslaridan chet elliklar uchun kompleks imtihonni oʻtkazish, bu fanlardan imtihon olish huquqiga ega boʻlgan taʼlim tashkilotlari tomonidan sertifikatlarni berish tartibi bayon etilgan.

Imtihonlar rasmiy roʻyxatga kiritilgan taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilib, tegishli sertifikat beriladi.

Qabul qilingan qonunga muvofiq, guvohnomaning amal qilish muddati uni olish maqsadiga qarab belgilanadi: 3 yil - vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent olish uchun, muddatsiz - yashash guvohnomasini olish uchun.

Imtihonlarning murakkablik darajasi esa chet el fuqarosining mamlakatda boʻlish maqsadiga (ishlash, vaqtincha yoki doimiy yashash)ga bogʻliq boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, dekabr boshida “Ishga marhamat” monomarkazida Rossiya Xalqlar doʻstligi universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining ochilgani haqida xabar berilgandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN)ning mamlakatdagi vakolatxonasi hamkorligida Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolarni rus tiliga oʻqitish va zaruriy kasblarga tayyorlash, Rossiya tarixi, qonunchiligi va rus tili boʻyicha imtihon topshirib, sertifikatga ega boʻlish imtiyozlarini yaratish, Vazirlik tasarrufidagi oʻquv markazlarida rus tili sinflari tashkil etilib, unga rus tili oʻqituvchilarini jalb qilish, tayyorlash, malakasini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

27 oktyabridan Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti oʻquv dasturi asosida 500 nafar oʻqituvchini oʻqitish boʻyicha 72 soatlik bepul seminar oʻtkazilib, sertifikatlar berilishi va ushbu oʻqituvchilar Vazirlik tasarrufidagi 25 ta oʻquv markazlarida tashkil etilgan rus tili sinflariga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Qozon shaharlarida rus tili va kasb-hunarlarga oʻqitish boʻyicha guruhlar tashkil etilgan boʻlib, jami 364 nafar oʻzbekistonlik mehnat migranti oʻquv jarayonlariga jalb etilgan.

Bundan tashqari, kelgusida Rossiyaning oʻzbekistonlik mehnat migrantlari koʻproq yashaydigan hududlarida ham rus tili va kasbga oʻqitish markazlarini ochish rejalashtirilgan.

 

Asosiy mavzular