10:14 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Migratsiya
Havola olish
440 0 0

Ekspertning maʼlum qilishicha, u mehnat migrantlarining RF hududiga kirib kelishi borasida muammolarni koʻrmayapti, negaki, bu tezda hal etilishi mumkin boʻlgan texnik masaladir

RF FMS sobiq rahbar oʻrinbosari, migratsiyaviy qonunchilik boʻyicha mutaxassis Vyacheslav Postavnin Rossiya SSP tomonidan COVID-19 pandemiyasi vaqtida migrantlarga oilalari bilan kirishni soddalashtirish borasida kiritilgan taklifga izoh berdi.

RF FMS sobiq rahbar oʻrinbosarining fikricha, mamlakat iqtisodiyotidan ulkan miqdordagi migrantlarning kamaytirilishi baʼzi bir muammolarga olib keldi.

Ekspertning maʼlum qilishicha, u mehnat migrantlarining RF hududiga kirib kelishi borasida muammolarni koʻrmayapti, chunki bu tezda hal etilishi mumkin boʻlgan texnik masalalardan biridir.

"Koronavirusga analiz topshirda - ishla. Bizda juda samarali narsa - tezkor-tahlil bor ekan, nega karantinda oʻtirish kerak", - deydi Postavnin.

Spikerning taʼkidlashicha, keyinchalik Oʻrta Osiyodan keladigan yuqori malakali mutaxassislarni malakasi past mutaxassislardan ajratib olishda yordam beruvchi strategiyani ishlab chiqish kerak boʻladi, chunki bu hozirgi kunda Rossiya migratsiya siyosatining eng katta muammosidir.

"Biz bu keng ommadan bundaylarni ajratib olishni bilmaymiz", - deb qoʻshimcha qildi FMS sobiq rahbar oʻrinbosari.

Ekspertning toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Postavnin o peredvijeniyax migrantov v period pandemii - kak reshit vopros

Asosiy mavzular