10:51 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
897 0 0

RF Savdo-sanoat palatasi rahbari Sergey Katыrin Rossiyaga birinchi navbatda yuqori malakali mutaxassislarga kirishni osonlashtirish lozim, degan fikrda

Rossiya Savdo-sanoat palatasi rahbari Sergey Katыrin RF hukumat raisi Mixail Mishustinga mamlakatga mehnat migrantlariga oilalari bilan kirishni soddalashtirishni soʻrab iltimos xatini kiritdi. SSP tashabbusi biznes hamjamiyati vakillari tomonidan boʻlgan koʻpsonli murojaatlarga asoslangan.

Katыrin soʻzlariga koʻra, ushbu choralar birinchi galda yuqori malakati mutaxassislarga va ularning oila aʼzolariga joriy etiladi. Yaʼni pandemiya boshlangunga qadar xarid qilingan murakkab texnologik jarayonlarni sozlash bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar va ularning oila-aʼzolariga.

"COVID-19 davrida bizning mamlakatda hech kim kira olgani va bu uskunalarni ishga tushirgani yoʻq. Bizga kompaniyalar murojaat qilib, fors-major holatlari haqida aytishmoqda, ularning soʻzlariga koʻra, ushbu uskunalar belgilangan muddatda oʻrnatilib, montirovka qilinib, sozlanishi kerakligi tufayli ular oʻz majburiyatlarini bajara olishmayapti. Mutaxassislar kelmagan, shu bois buni amalga oshirish imkoniyati yoʻq. Bizda bu kabi murojaatlar yetarlicha", - deb aytgan Katыrin Sputnik Tojikiston nashri bilan suhbatda.

SSP rahbarining taʼkidlashicha, qurilish sohasidagi ish kuchi defitsiti tufayli sanoat obʼyektlari va investitsiyaviy loyihalar turib qolmoqda.

"Bu shunday bir holatki, bunda chindan yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj bor. Ammo bu mutaxassislar Rossiyaga yaqin davlatlar, Rossiya koʻproq ushbu uskunalarni xarid qiladigan - Germaniya, Avstriya, Italiyadan", - deb qayd etgan RF SSP rahbari.

Katыrin shuningdek, qurilish obʼyektlarida ishtirok etayotgan kadrlarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston fuqarolari orasida mutaxassislar tayyorlanayotganini qoʻshimcha qilgan. Uning aytishicha, bu loyiha pilot loyiha boʻlib, hozirda boshlangʻich bosqichda.

"Biz hozir Oʻzbekiston bilan ishni yoʻlga qoʻyishga harakat qilyapmiz, hamkorlikda RFga kirib kelishi mumkin boʻlgan kadrlarni tayyorlayapmiz. Oʻzbekiston fuqarolari oʻz yurtida til oʻrganib, tibbiy koʻrikdan oʻtib, mutaxassislikka ega boʻlib, soʻngra RFga kirib kelishlari uchun", deb aytgan Katыrin.

U ushbu amaliyot yaxshi natija bersa, bu Rossiyaga mehnat migrantlarini yoʻllayotgan boshqa davlatlarda ham qoʻllanilishi mumkinligini qayd etgan.

Asosiy mavzular