Mehnat migrantlari murojaatlari bilan ishlovchi yangi platforma ishga tushdi

© PixabayRabota v ofise
Rabota v ofise - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, platforma mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklarni fuqarolarga yetkazish, ularga tezkor huquqiy maslahat berish va murojaatlarini onlayn qabul qilish uchun qulay.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Mehnat migrantlari murojaatlari bilan ishlovchi yangi consalting.labormigration.uz platformasi ishga tushirildi.

U  Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, platforma mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklarni fuqarolarga yetkazish, ularga tezkor huquqiy maslahat berish va murojaatlarini onlayn qabul qilish uchun qulay.

Mazkur platforma orqali soat 9.00 dan 18.00 ga qadar har kuni (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soha mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar berib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0