16:57 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
701 0 0

2021 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya Mehnat vazirligining farmoni kuchga kiradi. Farmon bilan ayollar uchun taqiqlangan mutaxassisliklar toʻrt baravarga qisqartiriladi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya qurilishlaridagi mehnat migrantlari yetishmasligi mahalliy ayollar kadrlari bilan qisman toʻldirilishi mumkin. Bu haqda RIA Nedvijimost xabar qilmoqda.

Ekspertlarning soʻzlariga koʻra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya Mehnat vazirligining farmoni kuchga kiradi. Farmon bilan ayollar uchun taqiqlangan mutaxassisliklar toʻrt baravarga qisqartiriladi.

Shu tariqa, rossiyalik ayollar 30 dan ziyod kasblarda, jumladan, ilgari xavfli sanalgan qurilish sohasida ishlashlari mumkin boʻladi.

“Genezis” yuridik kompaniyasi mutaxassisi Vasiliy Sosnovskiyning soʻzlariga koʻra, qator cheklovlar bekor qilinishiga qaramasdan quruvchi tashkilotlarga lavozimidan qatʼi nazar ogʻir narsalarni qoʻl bilan  koʻtarish va boshqa siljitish bilan bogʻliq ishlarga ayollarni jalb qilish taqiqlanadi.

“Ogʻir narsalarni qoʻl bilan koʻtarish yoki boshqa joyga olib oʻtishda ayollar uchun ruxsat etilgan belgilangan jismoniy yuklanma meʼyorlariga rioya qilishini shart.  Eng ogʻir yuk – 10 kilogramm”, - deya tushuntirdi ekspert.

Shu bilan birga Quruvchilar milliy birlashmasi rahbari Anton Glushkov ayollar oʻrtasida qurilish sohasi ommalashayotganiniga qaramasdan migrantlar oʻrnini rossiyalik ayollar bilan toʻliq toʻldirish haqida gapirishga erta.

Uning soʻzlariga koʻra, ayollar taʼmir ishlarida migrantlar yetishmasligi oʻrnini bosa olgan boʻlishardi.

Teglar:
migrantlar, Rossiya

Asosiy mavzular