16:56 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (88)
428 0 0

Rossiya IIV rasmiy bayonotiga koʻra, qaydga olingan mehnat migrantlarining aksariyati patent asosida ishlashadi.

TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. Rossiyadagi migrantlar soni ayni vaqtda 6 millionga yaqin kishini tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya IIVdan olingan maʼlumotlar asosida.

Idora maʼlumotlarida aytilishicha, bu raqam odatda 11 million kishiga yetishi mumkin.

"Rossiya Federatsiyasida yiliga 9-11 million atrofida chet el fuqarolari boʻlib turadi. Joriy yilda ularning soni sekin-asta kamayib bordi va ayni vaqtda taxminan 6 million kishini tashkil etmoqda", - deyiladi tegishli soʻrovga yuborilgan javobda.

Shu bilan birga ularning bir millionga yaqinida vaqtinchalik yashashga ruxsat hujjati yoki VNJ bor, deb taʼkidlanadi xabarda.

Idora, shuningdek, qaydga olingan mehnat migrantlarining aksariyati patentlar asosida ishlashini qoʻshimcha qilgan.

"2020 yil 1 noyabr holatiga koʻra, Rossiya Federatsiyasida patent asosida 1,3 million nafar chet el fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirmoqdalar (oʻtgan yil joriy davrda bu koʻrsatkich — 1,7 millionni tashkil etgan), 85 ming nafarida ishlash huquqini beruvchi hujjat bor. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi aʼzo-davlatlari fuqarolari bilan 368 ming (508 ming) mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalari tuzilgan", — deyiladi IIV xabarida.

Bundan tashqari, Rossiyada chet el fuqarolarining eng koʻp qismini - yirik shahar va iqtisodiy markazlardagi mehnat migrantlari tashkil etadi.

Mavzu:
Migratsiya (88)

Asosiy mavzular