17:07 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
1302 0 0

Rossiyaning Davlat boshqaruvi universiteti professori Rossiyada 2021 yil ikkinchi yarmida migrantlar soni koʻpayishini kutish mumkinligini taxmin qildi.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat jilovlansa va chegaralar ochiq boʻlsa, Rossiyada 2021 yil ikkinchi yarmida migrantlar soni koʻpayishini kutish mumkin. Rossiyaning Davlat boshqaruvi universiteti professori, migratsiya xizmatining faxriy xodimi Vladimir Volox shunday fikrni bildirdi.

Uning fikriga koʻra, davlat chegaralari ochilishi, xorijliklar uchun Rossiya kirish vaziyati yaxshilanishini yaqin kunlarda kutishning hojati yoʻq.

“Oʻylaymanki, kelasi yilning oʻrtalarida vaziyat iziga tusha boshlaydi”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.

Uning prognoziga koʻra, Rossiya iqtisodiyotining xorijiy ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyoji 2021 yilning oxiriga kelib qondiriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada migrantlar soni deyarli ikki barobar kamaygani xabar qilingan edi. Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda yiliga 9-11 million atrofida chet el fuqarolari boʻlib turadi. Joriy yilda ularning soni sekin-asta kamayib bordi va ayni vaqtda taxminan 6 million kishini tashkil etmoqda.

Asosiy mavzular