18:14 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
562540

Mutaxassislar 2020 yilda boʻlgan toʻylar sonini tahlil qilishdi va har 10-nikoh - internatsional boʻlgan, degan xulosaga kelishdi.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Bryansk viloyatida qiziqarli tahlil oʻtkazildi. Mutaxassislar 2020 yilda boʻlgan toʻylar sonini tahlil qilishdi va har 10-nikoh - internatsional boʻlgan, degan xulosaga kelishdi.

5 333 ta nikohning 566 tasi rossiyaliklar va chet elliklar, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar oʻrtasida boʻlgan. Kelin yoki kuyov Oʻzbekiston (19), Tojikiston (20), Qozogʻiston (9), Qirgʻiziston (3) davlatlaridan kelgan.

Shuningdek, Ukraina (244), Ozarbayjon (84), Belarus (75), Armaniston (37), Gruziya (5) fuqarolari Bryansk viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan turmush qurishdi. Bundan tashqari, Latviya, Litva, Turkmaniston va Pridnestrovye Moldaviya Respublikasidan kelgan kishilar rossiyaliklar bilan niqoh qurishdi.

Bryanskdagi ZAGS idoralarida Isroil, Italiya, Albaniya, Vyetnam, Germaniya, Misr, Meksika, Pokiston, Serbiya, Chexiya fuqarolari bilan nikoh roʻyxatdan oʻtkazilgan. Biroq, 2020 yilda bunday nikohlar soni  juda kam.

RF fuqarolari nafaqat Bryansk viloyatida, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham chet elliklar bilan turmush qurish holatlari qayd etildi. Masalan, Moskvada. Maʼlumki, 2020 yil boshidan buyon poytaxtda yaqin va uzoq xorij davlatlaridan kelgan fuqarolar bilan 6 mingdan ziyod nikoh qayd etilgan boʻlib, bu roʻyxatdan oʻtgan nikohlarning umumiy sonining 15 foizini tashkil etadi.

Bundan tashqari, koʻpincha internatsional juftliklar, bu yerda aynan kuyov chet el fuqarosi boʻlgan. Biroq, chet ellik kelinlar ham kam emas.

Teglar:
Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular