07:36 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
422 0 0

Rossiya Federatsiyasining ayrim regionlarida qurilish sohasida ishchilar tanqisligi 50 foizni tashkil etdi.

TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Rossiyada mehnat migrantlarining yetishmasligi uy-joylarni foydalanishga topshirish muddatlarini kechiktirmoqda.

Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilda mamlakatning turli hududlarida xorijiy ishchi kuchi 20 dan 50 foizgacha qisqargan.

Mehnat migrantlarining xizmat koʻrsatish sohasida 33,5 foiz, uy xoʻjaligi sohasida 28,6 foiz, suv taʼminoti, chiqindi suvlarni yoʻq qilish, chiqindilarni yigʻish va yoʻq qilish sohasida 25,8 foiz va qurilish sohasida 22,2 foiz kamayishi kuzatilgan.

Joriy yil noyabr oyi boshi holatiga koʻra, Rossiyada 1,88 millionga yaqin chet el fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻtgan yilda ularning soni 2,35 millionni tashkil etgan.

Ayniqsa, Rossiyaning Uzoq Sharq, Volga boʻyi va Ural federal okruglaridagi qurilish obʼyektlarida mehnat migrantlarining yetishmasligi muammoga aylanmoqda.

Ayni paytda xorijiy ishchi kuchi yetishmasligi sababli uy-joylarni qurish jarayoni 30 foizga pasaygan.

Teglar:
migrantlar, migrant, migratsiya

Asosiy mavzular