Initsiativa pomojet naladit migratsionnыe protsessы i posposobstvuyet otkrыtiyu front-ofisov sootvetstvuyuщix tsentrov.
TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi davomida Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan mehnat migratsiyasini soddalashtirish borasida qator shartnomalar imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi
"Ushbu shartnomalaradan maqsad - Rossiyaga tashkiliy tartibda mehnat qilish uchun kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirishdir", - deyilgan rasmiy xabarda.
Ushbu tashabbus natijasida migratsiya jarayonlarini soddalashtirish, mehnat migrantlari hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sarflayotgan vaqtini kamaytirish kutilmoqda.
Shartnomalar Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiyaning "Pasportno-vizovыy servis" Rossiya Federal Davlat unitar korxonasi hamda Moskva "Koʻp funktsiyali migratsiya markazi" bilan imzolangan.
Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida Oʻzbekiston Mehnat vazirligi Rossiya IIVga 2021 yilda Respublika hududida pasport-viza xizmati boʻlinmasini ochishni taklif qilgan edi.