17:33 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
627 0 0

Ushbu tashabbus Uzoq Sharq va Arktikadagi loyihalar ustida ishlovchi kompaniyalarga taalluqli. Chet el ish kuchini jalb qilish uchun aktsizlar kompaniyalar uchun "oshib boruvchi" boʻladi.

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. RF hukumati raisi oʻrinbosari Yuriy Trutnev kompaniyalardan chet elliklarni ishga jalb qilganlik uchun toʻlov undirish taklifi bilan chiqdi.

Ushbu tashabbus Uzoq Sharq va Arktikadagi loyihalar ustida ishlovchi kompaniyalarga taalluqli.

"U yerda (obʼyektlar qurilishida — tahr.) butun dunyodan: sobiq SSSR respublikalari, Xitoydan va boshqa mamlakatlardan kelgan oʻn minglab insonlar ishlashadi", — dedi RBKga bergan intervyusida bosh vazir oʻrinbosari.

Trutnevning soʻzlariga koʻra, hukumat birinchi navbatda Rossiya fuqarolarini ish bilan taʼminlash uchun yaratilgan.

Chet el ish kuchini jalb qilish uchun aktsizlar kompaniyalar uchun "oshib boruvchi" boʻladi.

Butunrossiya oʻzbeklar kongressi raisi Ibrohim Xudoyberdiyevning aytishicha, Uzoq Sharqdagi qurilish kompaniyalaridan xorijiy ishchilar uchun haq olish taklifi mehnat migrantlarini boshqa davlatlarda ish izlashlariga turtki boʻlishi mumkin.

Ekspertning aytishicha, mehnat sharoitlarini yanada shaffofroq qilish uchun RF oʻz migratsiyaga oid qonunchiligiga tuzatishlar kiritishi lozim.

"Bu unchalik toʻgʻri emas. Soliqlarni muntazam oshirish emas, balki shaffoflikni taʼminlash muhim. Qurilish kompaniyalari soliqqa toʻlaydigan toʻlovlar ishchilar ish haqlaridan ushlab qolinadi. Biz koʻplab ishchilarni yollayotgan kompaniyalarga duch kelyapmiz, natijada ishchilarga haq toʻlashga kelganida, buni kim amalga oshirishi nomaʼlum boʻlib qolyapti...", - deydi Xudoyberdiyev.

Ekspert soʻzlariga koʻra, bu yerda migratsiya qonunchiligiga tuzatishlar kiritish juda muhim, Rossiyaga kelishni istagan mehnat migranti har tomondan siquvda qolmasligi, balki uning uchun hammasini shaffof qilish juda muhim.

Chet ellik ishchilarga shaffof ish oʻrinlarini yaratish muhim, deb qayd etdi suhbatdosh.

Teglar:
qurilish, noqonuniy migratsiya, migratsiya, migrant, Rossiya

Asosiy mavzular