11:07 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
1109 0 0

Rossiyaning "PEK" va "Texagro" kompaniyalarining 14 nafar mutaxassislari oʻzbek delegatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekistonga uchdilar. Tashrifdan maqsad 2000 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb etish.

TOSHKENT, 26 dek - Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya mehnat va bandlik boʻyicha federal xizmati bilan muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston tomoni rossiyalik sheriklarni mamlakatda tashkillashtirilgan, xavfsiz va legal mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot taqdim etdi.

RF vakillari Rossiya hududida tashkillashtirilgan raqamli mehnat migratsiyasi tizimi ishlab chiqilayotgani haqida gapirdilar.

Ushbu tizimga Oʻzbekiston Tashqi migratsiyasi agentligi ham qoʻshilishi borasida kelishuvga erishilgan. Bunda agentlik personal kabineti Umumrossiya vakinsiyalar bazasi - "Rabota v Rossii"ga qoʻshib qoʻyiladi.

Oʻzbekistonda kasb va til oʻrgangan fuqarolarning rezyumelari rossiyalik ish beruvchilarga axborot tarzida ushbu raqamli tizimga kiritiladi.

Xuddi shu kuni "Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr" davlat byudjet tashkiloti va "Ishga marhamat" monomarkazi oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Oʻzbekistondan Rossiya Federatsiyasiga, xususan Moskvadagi korxonalarga tashkillashtirilgan tartibda mehnat migrantlarini jalb qilish, ishga joylashish uchun patentni rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Toshkentda Rossiyaning "Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr" filiali tashkil etiladi.

MMTS moskvalik ish beruvchilarning oʻzbek ishchilari oldidagi majburiyatlari qanchalik bajarilayotganini monitoring qilib boradi.

Koronavirusga qarshi kurashish tezkor shtabi qarori asosida Rossiyaning "PEK" va "Texagro" kompaniyalarining 14 nafar mutaxassislari oʻzbek delegatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekistonga uchdilar. Ular 2000 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya hududida mehnat faoliyatiga jalb etishadi.

Teglar:
Rossiya, Oʻzbekiston, oʻzbeklar, noqonuniy migratsiya, migratsiya markazi, migrantlar, migratsiya, migrant

Asosiy mavzular