10:15 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Migratsiya
Havola olish
407 0 0

Toshkentda yangi tashkil etilgan "Yapon tili va kasbiy malaka testiga tayyorlov markazi"ning rahbari Dilafruz Ikramova Yaponiyada ishlash istagida boʻlgan Oʻzbekistonliklarga ishni avvalo til oʻrganishdan boshlashni tavsiya etmoqda.

TOSHKENT, 28 dek - Sputnik. Bugun, 28 dekabr kuni, Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkazida "Yapon tili va kasbiy malaka" test markazining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

© REUTERS / Kim Kyung-Hoon

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi doirasida imzolangan "Maxsus malakali ishchilar" maqomiga ega boʻlgan xorijiy mehnat resurslarini ishga qabul qilish tizimini amalga oshirish toʻgʻrisidagi oʻzaro hamkorlik Memorandumiga muvofiq, Oʻzbekiston fuqarolarini "Maxsus malakali ishchilar" maqomida Yaponiyada ishlash uchun yuborish tizimini joriy etish uchun Toshkent shahrida yapon tili va malaka imtihonlarini oʻtkazuvchi test markazini ochish masalalari muhokama qilingan edi.

Markaz tashkilotchilariga oʻzbek fuqarolariga Yaponiyaning tegishli qonun talablariga moslashtirilgan taʼlim va koʻnikmalarni berish bilan bir qatorda, Yaponiyaga xavfsiz, tartibli va tashkillashtirilgan holda joʻnatish mexanizmini yaratish vazifalari yuklatilgan.

 

 

Markaz rahbari Dilafruz Ikromovaning taʼkidlashicha, chet ellik fuqarolar uchun Yaponiyada muvaffaqiyatli taʼlim olish va shu bilan birga u yerda ishlash uchun yapon tili juda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Yaponlar oʻzining madaniyati, qadr-qimmati, gʻururi, tili va madaniyatini qadrlaydigan xalq. U yerda koʻpchilik yapon tilida gaplashishadi shu bois, Yaponiyaga boradigan fuqaro yapon tilini bilishi davlat tomonidan talab darajasiga qoʻyilgan", - deya tushuntiradi Ikramova.

Shu bois ham biz Yaponiyada borib ishlashni, ulardan texnologiyalarni oʻrganishni va u yerda malaka oshirishni istar ekan, Oʻzbekiston fuqarolari u mamlakatning tili, madaniyati va u yerdagi qonun-qoidalardan boxabar boʻlishlari birlamchi vazifaga kiradi.

Ikramovaning aytishicha, yapon tilini oʻrganish Oʻzbekiston fuqarolariga oson kechadi. Chunki markazni taʼlim dasturi anʼanaviy taʼlim dasturlariga qaraganda ancha farq qiladi. Unda zamonaviy taʼlim metodika tizimi joriy qilingan.

"Markazning taʼlim dasturi, asosan, Yaponiyaning Nippon Akademiyasi institutining chet ellik talabalarni yapon tili va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga moʻljallangan boʻlib, Yaponiya Adliya vazirligi va tegishli taʼlim sifatini belgilovchi tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan MUDIE innovatsion multimediali zamonaviy metodikasi asosida oʻqitiladi. Bu tizimni anʼanaviy taʼlim dasturlaridan farqi shundaki, oʻquvchini qanday yoshdan boʻlishidan qatʼiy nazar, chet tilini mukammal oʻrganish uchun ichki motivatsiyasini kuchaytiradi. Va darslarni oʻzlashtirish sifatini oshiradi, bilimini takomillashtiradi, til oʻrganuvchini ortiqcha dars qilmasdan uning miyasiga quyib qoʻyish mexanizmi mavjud", - dedi u.

Bugungi kunda Nippon Akademiyasi institutining 5 nafar yetakchi pedagoglari 50 nafar fuqarolarga onlayn (pandemiya sharoitida) muloqot tarzida yapon tilida H4 darajasidagi malaka, qariyalar boquvchisi va qishloq xoʻjaligi sohalari boʻyicha kasbiy malaka kurslari yoʻnalishlarida taʼlim berib kelmoqdalar.

Kelajakda kasbiy malaka kurslari turini yana 12taga koʻpaytirish, shuningdek, Markazi filiallarini Oʻzbekistonning barcha "Ishga marhamat" monomarkazlari qoshida tashkil etish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular