07:33 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
248 0 0

Tashkillashtirilgan tartibdagi mehnat migratsisi bu – xorijga ishga borishning tartibli, qonuniy va xavfsiz uslubidir.

TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashkillashtirilgan tartibdagi mehnat migratsiyasining ustuvorlik tomonlari haqida aytib berdi.

Xususan, birinchi bosqichda, ishsiz fuqaro Mehnat vazirligining tegishli boʻlinmasiga yoki xususiy bandlik agentligiga murojaat qiladi. U yerda fuqaro xorijiy mamlkatlarda mavjud ish oʻrinlari bilan tanishib oʻziga mos keladiganini tanlab oladi. Kerak boʻlsa, til oʻqitish markaziga yoki qoʻshimcha kasb oʻrganish markazida oʻqitiladi va talab qilinayotgan sertifikatlar beriladi.

Undan soʻng fuqarolarga tegishli banklar boʻlinmalaridan mikroqarzlar beriladi va imtiyozli chipta xarid qilishga yordam beriladi. Xorijga joʻnab ketishidan oldin ehtimoliy xavflardan sugʻurtalanadi.

Ikkinchi, asosiy bosqichda, fuqaro xorijiy mamlakatga mehnat faoliyatini yuritish uchun joʻnab ketadi. Xorijiy mamlakatlardagi ish faoliyati davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari, Oʻzbekistonning  konsulxonalari tomonidan ularning huquqlari himoyalanadi, kerakli yordam koʻrsatiladi. Kerak boʻlganda xorijiy mamlakatlardagi diasporalar va yuridik xizmat koʻrsatuvchi muassasalarga murojaat qilinadi.

Uchinchi bosqichda, xorijdagi mehnat faoliyatini yakunlab kelgan fuqarolarga Oʻzbekistonda mehnat bilan taʼminlash masalasida yordam koʻrsatiladi. Bunda ularga Bandlikka koʻmaklashish markazlari, mahallalar, Yoshlar ishlari agentliklari, tuman hokimliklari yordam beradi.

Asosiy mavzular