10:17 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
715 0 0

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonliklarni Rossiyaga kirishi uchun ruxsat olib berish boʻyicha taklif etilayotgan xizmatlar haqida xabarlar tarqalmoqda.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiyaga Oʻzbekiston fuqarolarining individual tarzda kirishiga ruxsat yoʻq. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi maʼlum qildi.

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonliklarni Rossiyaga kirishi uchun ruxsat olib berish boʻyicha taklif etilayotgan xizmatlar hamda Oʻzbekistondan Rossiyaga borib, mamlakatga kiritilmayotgan fuqarolar haqida xabarlar tarqalmoqda.

Tashkillashtirilgan tartibdagi mehnat migratsiyasining ustuvorliklari nimada?

Koronavirus infektsiyasi tarqalishi munosabati bilan joriy yilning mart-aprel oylaridan boshlab xalqaro qatnovlar, shu jumladan, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar vaqtincha cheklangan. Chet el fuqarolarining Rossiyaga kirishi boʻyicha Rossiya Hukumatining 2020 yil 16 martdagi N 635-r–sonli farmoyishi bilan qator cheklovlar joriy etilgan.

“Ayni paytda ayrim toifadagi fuqarolardan tashqari yurtdoshlarimizning individual tarzda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida Rossiya hududiga kirishiga ruxsat yoʻq. Faqatgina Rossiya Hukumatining koronavirusga qarshi shtabi tomonidan chegara xizmatlariga taqdim etilayotgan roʻyxat asosida tashkiliy tarzda ishga yuborilayotgan shaxslar ushbu mamlakatga kiritilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, hozirda Rossiya hududida ishlash istagidagi fuqarolarni pandemiya va undan keyingi davrda tashkillashtirilgan holda kirish jarayonlarini soddalashtirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Rossiyadagi oʻzbekistonliklarni noqonuniylar safidan chiqarish boʻyicha ish olib borilmoqda

Ushbu vaziyatdan foydalanib, ayrim shaxslar tomonidan fuqarolarni turli asossiz xabarlar bilan chalgʻitish va firibgarlik orqali pul topishga urinish holatlari yuz bermoqda.

“Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan Rossiya Federatsiyasi hududiga olib kirib qoʻyish xizmatlarini taklif etayotgan shaxslarga ishonmasliklarini va turli yoʻllar bilan ushbu mamlakatga noqonuniy kirib borishga urinmasliklarini tavsiya qilamiz”, - deya ogohlantirgan agentlik.

Agentlik turli soxta hujjatlar chegaralarni kesib oʻtishga urinish Oʻzbekiston va Rossiya qonunlariga koʻra, jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab boʻlishi mumkinligini eslatgan.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, koronavirus pandemiyasi, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular