17:12 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (88)
165621

Qulayliklardan biri YEOIIga aʼzo davlatlar fuqarolari, yaʼni migrantlar va ularning oila aʼzolari 30 kungacha roʻyxatdan oʻtmasdan aʼzo mamlakatlar hududida boʻlishlari mumkin.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlsa, bu mehnat migrantlariga qanday qulayliklar yaratishi haqida maʼlumot berdi.

  • Birinchidan, YEOIIga aʼzo davlatlar fuqarolari ishlash uchun ruxsatnoma olishlari shart emas, fuqarolik shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
  • Ikkinchidan, aʼzo davlatlar fuqarolari, yaʼni migrantlar va ularning oila aʼzolari 30 kungacha roʻyxatdan oʻtmasdan aʼzo mamlakatlar hududida boʻlishlari mumkin. Migrant va uning oila aʼzosining aʼzo mamlakatlar hududida vaqtincha boʻlib turish muddati mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada koʻrsatilgan holda belgilanadi.
  • Uchinchidan, ijtimoiy taʼminot (ijtimoiy sugʻurta) sohasida va daromad soligʻi stavkasi belgilanishida ham oʻsha davlat fuqarolari bilan teng ravishda qaraladi.
  • Toʻrtinchidan, diplomlar va malaka sertifikatlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.
  • Beshinchidan, pensiya taʼminoti uchun ishlangan ish staji hisobga olinadi.
  • Oltinchidan, shoshilinch tibbiy yordam migrantlarga hamda ularning oila aʼzolariga, mazkur davlat fuqarolari kabi bir xil va shartlarda bepul taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilgan edi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yigʻilishida soʻzlagan nutqida "birgalikdagi ishimiz koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deya ishonch bildirgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishini ittifoqning anʼanaviy sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi muhim va sifatli qadam, deya baholagan.

Mavzu:
Migratsiya (88)
Teglar:
pensiya, noqonuniy migratsiya, migrantlar, migratsiya, migrant, YEOII

Asosiy mavzular