10:34 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
48001

Rossiyada migrantlar uchun kvotalarni taqsimlash boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisida qonun kuchga kirdi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiyada migrantlar uchun kvotalarni taqsimlash boʻyicha mintaqaviy komissiyalar toʻgʻrisida qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, hukumat kvotalarni toʻgʻrilash qoidalarini tasdiqlashi mumkin.

Hujjat 14 yanvarda kuchga kirdi va "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

Rossiya Federatsiyasida ruxsat berish kvotalari hududlarda tashkil etilgan komissiyalar tomonidan taqsimlanadi, kvotalarni taqsimlash tartibi esa hukumat tomonidan belgilanadi.

Yangi yondashuv maʼlum bir mintaqadagi migratsiya holatini, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish uchun asoslar mavjudligi yoki yoʻqligini hisobga olgan holda kvotani chet elliklar oʻrtasida taqsimlashga imkon beradi.

Bundan tashqari, qonunda RF Ichki ishlar vazirligining vakolatlari aniqlashtirildi: vazirlik ruxsatnoma berish tartibini, migrantlardan tegishli ariza shakllari va kerakli hujjatlar roʻyxatini tasdiqlaydi.

Asosiy mavzular