16:47 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (90)
25510

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi (boshqarma oʻrinbosari) Abduaziz Xafizov xorijdagi mehnat migrantlarni huquqiy va ijtimoiy ximoya qilish va moddiy qoʻllab quvvatlash tartibi haqida maʼlumot berdi

TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi (boshqarma oʻrinbosari) Abduaziz Xafizov xorijdagi mehnat migrantlarni huquqiy va ijtimoiy ximoya qilish va moddiy qoʻllab quvvatlash tartibi haqida maʼlumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Taʼkidlanishicha, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan, yashash uchun mablagʻsiz qolgan, baxtsiz hodisaga duch kelgan, oʻtkir yoki ogʻir kasalga chalingan, vafot etgan, shuningdek mehnat faoliyati vaqtida mayib boʻlgan yoki ogʻir jarohatlar olgan Oʻzbekiston fuqarolariga quyidagi xizmatlar koʻrsatilmoqda:

- xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari taklif qilish;

- 300 AQSH dollarigacha xostel va sutkalik mehmonxonalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar qoplab berish;

- bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (490 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;

- 1,5 ming AQSH dollarigacha sogʻliqni saqlash muassasalariga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar haqini toʻlash;

- Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yoʻl chiptalari haqini toʻlash;

- vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga koʻra tayyorlashda 1 ming AQSH dollarigacha xizmatlar haqini va Oʻzbekistonga olib kelish uchun chipta haqini toʻlash;

- huquqiy himoya qilish maqsadida 3 ming AQSH dollarigacha advokat, yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning haqini toʻlash.

Ushbu xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga, uning xorijdagi vakolatxonalariga yoki hududiy filiallariga murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida masofadan murojaat yoʻllashlari uchun www.birgamiz.com platformasi yaratilgan. Telefon: (71) 202-33-55 (ichki raqam 55) yoki qisqa raqam 1282

Yuqoridagi xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari xisobidan amalga oshirladi.

Maʼlumot uchun, 2020 yil davomida jamgʻarma mablagʻlari xisobidan 1983 nafar fuqarolarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatilgan. Yashash uchun turar-joysiz qolgan 175 nafar fuqarolarga sutkalik xostel toʻlovlari toʻlab berilgan.

Ikki nafar fuqarolarga toʻliq yoki qisman koʻrsatilgan tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi; 3 nafar bemor fuqarolar ogʻir tan-jarohati olganligi, mayib boʻlganligi sababli Oʻzbekistonga tibbiy transpartirovka qilingan;

- 617 nafar xorijda vafot etgan fuqarolarning jasadlari (tegishli marosimlarni amalga oshirilgan xolda) Vatanga olib kelindi;

- xorijda qiyin ahvolda 119 nafar fuqarolar va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarida saqlanayotgan 627 nafar fuqarolar Vatanga qaytarildi.

Mavzu:
Migratsiya (90)

Asosiy mavzular