05:24 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Migratsiya
Havola olish
56310

Oʻtgan yil Rossiya Federatsiyasi hududiga 2019 yilga nisbatan 70% ga kamroq chet el fuqarolari kirib borganlar

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Rossiyaga 2020 yilda kirib kelgan chet elliklar soni koronavirus pandemiyasi tufayli keskin qisqardi, deb xabar bermoqda RIA Novosti IIVga tayangan holda.

Jumladan, Rossiyaga oʻtgan yilning yanvar oyidan noyabr oyigacha 5,2 million xorijliklar kirib borganlar, bu esa 2019 yilning mos davriga nisbatan 70,2%ga kamdir.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, RFga eng koʻp MDH davlatlaridan chet elliklar kirib borganlar - bu umumiy miqdorning 80%ni tashkil etadi. Fuqarolarning yana 7,3% foizi - Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kelgan fuqarolardir.

"Taʼkidlanishicha, mehnat migrantlari ulushi 24%ni tashkil etgan. Boshqa mamlakatlar fuqarolariga migratsiya oqimining 12,4%i toʻgʻri kelmoqda", - deyiladi idora xabarida.

IIV maʼlumotlariga koʻra, xorij fuqarolarining deyarli yarmi - 44 %i - Rossiyaga shaxsiy maqsadlarda, 24%i esa mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelishgan.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi fonida 27 martdan Rossiya xalqaro avia-parvozlarni toʻxtatgan edi.

Faqat tashish, sanitariya, pochta va baʼzi boshqa reystlar uchun istisno joriy etildi. 2020 yilning avgust oyidan parvozlar sekin-asta qayta tiklana boshladi.

Asosiy mavzular