17:49 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
148931

Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkiyadan mehnat migrantlarini olib kelish boʻyicha maxsus mexanizm yoʻlga qoʻyildi.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiyada mehnat migrantlarini olib kelish boʻyicha maxsus mexanizm yoʻlga qoʻyildi.

Bu yerda Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkiyadan kelgan qurilish sohasidagi ishchilar haqida gap ketmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Irek Fayzullin soʻzlariga koʻra, mexanizm "qoʻlda boshqarish rejimida" ishlamoqda.

Rossiya qurilish kompaniyalari yoki hududlar endi maʼlum bir obʼyekt uchun migrantlarni olib kelish toʻgʻrisida qurilish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin. Kelishuv taxminan uch hafta davom etadi.

Chegaralar ochilgandan keyin Rossiyaga xorijiy ishchilarni kiritishning yangi mexanizmi yaratiladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin epidemiologik talablarga rioya qilgan holda mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilishni 1 martga qadar soddalashtirish boʻyicha hukumatga koʻrsatma bergandi.

Teglar:
Qurilish vazirligi, qurilish, Vladimir Putin, Qozogʻiston, Turkiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Rossiya, migrantlar

Asosiy mavzular