Rossiyaga kirish uchun “zapret” qo‘yilishining asosiy sabablari – IIV

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi mamlakatga kirish uchun “zapret” qo‘yilishining asosiy sabablarini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Chet el fuqarolarining Rossiya hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilishining asosiy sabablari – mamlakatda bo‘lish shartlarini buzish va noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish.
Rabochie na stroitelstve jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha maxsus mexanizm yo‘lga qo‘yildi
IIV matbuot markazi ma’lum qilishicha, chet elliklarning Rossiyaga kirishini taqiq qo‘yishi  to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilishning asosiy sabablari - "mamlakatda vaqtincha bo‘lish shartlarini buzish, shuningdek, noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish".
Vazirlikda aniqlik kiritilishicha, bunday qarorlar qabul qilingan chet elliklar, asosan, Rossiya Federatsiyasiga vizasiz kiradigan yaqin xorij fuqarolari bo‘ldi - 2020-yilda jami 189 ming xorijiy fuqarolarning Rossiyaga kirishi taqiqlangan. Bir yil oldin bu ko‘rsatkich 250 ming kishidan oshgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin epidemiologik talablarga rioya qilgan holda mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilishni 1-martga qadar soddalashtirish bo‘yicha hukumatga ko‘rsatma bergandi.
O‘tgan haftada Rossiyada Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiyadan kelgan qurilish sohasidagi ishchilarni olib kelish bo‘yicha maxsus mexanizm yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergandik. Rossiya qurilish kompaniyalari yoki hududlar endi ma’lum bir obyekt uchun migrantlarni olib kelish to‘g‘risida qurilish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin. Kelishuv taxminan uch hafta davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0