04:59 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Migratsiya
Havola olish
667 0 0

Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi, dedi Rossiya Qurilish va uy-joy kommunal xizmatlar vazirining oʻrinbosari Nikita Stasishin.

“Algoritm boʻyicha qurilish kompaniyalarining soʻrovnomalari qisqa vaqt ichida koʻrib chiqiladi va barcha idoralararo muvofiqlashtirish elektron shaklda amalga oshiriladi. Kompaniyalar elektron platformaga ariza yuborishi kerak”, - dedi qurilish vazirligi vakili.

Vladimir Putin mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilish tartibini 1 martga qadar soddalashtirish boʻyicha hukumatga topshiriq bergandi.

Juma kuni Qurilish vazirligi rahbari Irek Fayzullin migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun Rossiyaga olib kelish mexanizmi yoʻlga qoʻyilishi eʼlon qilgandi.

Rossiya qurilish kompaniyalari yoki hududlar endi maʼlum bir obʼyekt uchun migrantlarni olib kelish toʻgʻrisida qurilish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin. Kelishuv taxminan uch hafta davom etadi.

Mavzu boʻyicha

Rossiyaga 2020 yilda qancha migrant kirib borganligi maʼlum boʻldi
Rossiyaga kirish uchun “zapret” qoʻyilishining asosiy sabablari – IIV
Rossiyada ishsiz qolgan oʻzbekistonliklarga murojaat qilindi
Rossiyada mehnat migrantlarini olib kelish boʻyicha maxsus mexanizm yoʻlga qoʻyildi
Teglar:
qurilish, Vladimir Putin, chegaralar ochilishi, migrantlar, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular