23:28 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
28910

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalarini federal axborot tizimiga kiritiladi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalarini federal axborot tizimiga kiritish rejalashtirilgan. Bu xavfli infektsiya tashuvchilarni mamlakatdan deportatsiya qilish jarayonini tezlashtiradi. Tegishli hukumat qonun loyihasini Davlat Dumasining yaqinda boʻladigan yalpi majlisida koʻrib chiqish rejalashtirilgan.

Qonun loyihasiga koʻra, federal axborot tizimini yaratish va yuritish Rospotrebnadzorga yuklatiladi. Unda migrantlarning mehnat faoliyati, tibbiy maʼlumotlari, shuningdek mamlakatning epidemiologik xavfsizligiga taʼsir koʻrsatadigan boshqa maʼlumotlarni olish uchun foydalaniladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni faqat davlat va shahar tibbiyot tashkilotlarida amalga oshirilishi mumkin.

Tibbiy koʻrikdan soʻng fuqarolar OIV va boshqa infektsiyalar yoʻqligi, giyohvandlik moddalarni qabul qilmasligi toʻgʻrisida xulosa olishadi. Ushbu hujjat ishlash uchun patent, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash ruxsatnomasi yoki Rossiya fuqaroligini olish uchun talab qilinadi.

Yangi axborot tizimi - xavfli yuqumli kasalliklar tashuvchi-chet elliklarni erta aniqlashga yordam beradi, ularni Rossiyadan deportatsiya qilish toʻgʻrisida qarorlarni qaror qabul qilish vaqtini qisqartiradi.

Mavzu boʻyicha

Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlsa, bu mehnat migrantlariga nima beradi?
Mehnat migrantlarini olib kelish boʻyicha arizalar onlayn qabul qilinadi
Rossiyada mehnat migrantlarini olib kelish boʻyicha maxsus mexanizm yoʻlga qoʻyildi
Teglar:
deportatsiya, patent, IIV, tibbiyot muassasi, migrantlar, Rossiya

Asosiy mavzular