09:32 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Migratsiya
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1380)
530 0 0

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova mamlakatda yashovchi migrantlar COVID-19ga qarshi emlanishi yuzasidan toʻxtaldi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiyada yashovchi chet elliklar koronavirusga qarshi emlashni hozircha rejalashtirmayapti. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova 26 yanvar kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisda maʼlum qildi.

Surunkali kasalliklarga chalingan va keksa yoshdagi odamlar birinchi navbatda emlanadi. Uning soʻzlariga koʻra, yirik sanoat korxonalari ishchilari, bir qator kasb vakillari ham birinchilardan boʻlib emlanadi.

"Har holda emlashda ustuvorlik boʻlishi kerak. Biz uni davlatda aniqlab oldik va unga amal qilmoqdamiz. Barchani, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari boʻlmaganlarni emlash imkoniyati paydo boʻlishi bilanoq, bu amalga oshiriladi”, - dedi Popova.

Rossiya hududlarida koronavirusga qarshi ommaviy emlash 18 yanvarda boshlandi. Fuqarolar mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan ikkita vaktsinadan birini - "Sputnik V " yoki "EpiVakKorona" tanlashlari mumkin.

Bundan avval, migrantlar tibbiy maʼlumotlari maxsus reyestrga kiritilishi haqida xabar bergandik.

Rospotrebnadzor migrantlarning mehnat faoliyati, tibbiy maʼlumotlari, shuningdek mamlakatning epidemiologik xavfsizligiga taʼsir koʻrsatadigan boshqa maʼlumotlarni olish uchun foydalaniladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1380)
Teglar:
Sputnik V, koronavirus pandemiyasi, Moskva, migrantlar, Rossiya

Asosiy mavzular