18:40 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
96 0 0

Avvalroq “Yandeks” kompaniyasi Moskva meriyasiga ularning fuqaroligi va tibbiyot sugʻurtasi mavjudligidan qatʼi nazar taksichilar va kuryerlarga bepul emlanish imkoniyatini berishni soʻrab murojaat qilgan edi.

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Moskva hukumati chet ellik haydovchilar va kuryerlarni koronavirusga qarshi emlash toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda poytaxt Transport departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Avvalroq “Yandeks” kompaniyasi Moskva meriyasiga ularning fuqaroligi va  tibbiyot sugʻurtasi mavjudligidan qatʼi nazar taksichilar va kuryerlarga bepul emlanish imkoniyatini berishni soʻrab murojaat qilgan edi. Hozir emlanish uchun sugʻurta talab etiladi.

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy

“Yandeks” taklifini qoʻllab-quvvatlaymiz”, - deyiladi xabarda.

Transport departamenti rahbari Maksim Liksutov Moskva hukumati barcha taksi kompaniyalari haydovchilari uchun emlashni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

“Hamma kompaniyalar hamda turli yetkazib berish xizmati kuryerlarini taklif etamiz”, - degan u.

Xabarda emlanish mumkin boʻlgan manzillar sal keyinroq eʼlon qilinishi qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanishi haqidagi savolga javob bergan edi.

Teglar:
emlash, haydovchilar, Moskva

Asosiy mavzular