TOSHKENT, 29 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya kompaniyalari orasidagi kelishuvga asosan, Oʻzbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga olib kelinmoqda. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Rossiyaning “PIK-Industriya” va “TexStroy” qurilish kompaniyalari 15-31 yanvar kunlari Oʻzbekiston hududa quruvchi mutaxassislari bilan suhbat oʻtkazib ularni Rossiyada ishlash uchun tanlab olayotgani haqida oldinrok xabar bergan edik.
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari quruvchilarni ishga taklif qilmoqda
Bugun ana shunday suhbat Samarqand shahridagi Transport kolleji hududida boshlandi. Unda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri vakillari ishtirok etishi mumkin.

Erta tongda suhbat boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan bino oldidan 500ga yaqin kishi toʻplangan. Ular pasport nazoratidan oʻtganidan soʻng kollej binosi ichida qisqa suhbatdan oʻtishmoqda. Suhbat vaqtida boʻlajak xodimlarning ish tajribasi, koʻnikmalari, qurilish sohasidagi mutaxassisliklari, rus tilini bilish darajasi aniqlanadi.
Shimoliy iqlim sharoitida ishlashga tayyor boʻlgan fuqarolar ishga taklif qilinmoqda
Rossiya qonunchiligiga belgilangan tartibga koʻra, ish beruvchi oʻziga kerakli miqdorda mutaxassislarni tanlab olganidan soʻng, ularning roʻyxati Rossiyaning tegishli hududidagi maxsus komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tasdiqlaganidan soʻng xodimlar tashkillashtirilgan tartibda boʻlajak ish joyiga olib kelinadi.

Hozir Rossiyaga ishga ketish tartibi qanday - Migratsiya agentligi javobi
Eslatib oʻtamiz, yuqorida qayd etilgan qurilish kompaniyalari Oʻzbekistondan 4000 kishini ishga yollashni rejalashtirgan. Ular montajchilar, payvandchilar, gʻisht teruvchilar, armaturachilar, beton plitalarini joylashtiriuvchilar va ichki pardoz ishlari olib boruvchilar va boshqa mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda.
