14:39 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Samarqand shahridagi Avtomobilsozlik kollejida rossiyalik ish beruvchilar ishtirokida tanlov oʻtkazildi. Tanlov oʻtkazilishidan xabar topgan yuzlab fuqarolar erta tongdan belgilangan manzilga kelishni boshladilar. Kollej binosida xavfsizlik choralari Ichki ishlar xodimlari tomonidan taʼminlandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy kompaniyalar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik asosida bugungi kunda rossiyalik ish beruvchilar Oʻzbekistonning ayrim hududlarida RFga qurilish sohasiga ishga jalb qilish boʻyicha tanlov oʻtkazishmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti - Shavkat Mirziyoyev mehnat migrantlariga nisbatan siyosatni qayta koʻrib chiqish haqida gapirganidan soʻng, migrantlar muammolari, ularning ijtimoiy-huquqiy muhofazasi haqida mamlakatning eng yuqori minbarlarida tilga olina boshlagan edi.

Bugungi kunga kelib, xorijda ishlamoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatning har bir viloyatida ishga tushirilayotgan zamonaviy "Ishga marhamat" monomarkazlarida eng qisqa vaqt ichida oʻzlari istagan yoʻnalishdagi kasb-hunarni egallashlari, shuningdek, intensiv asosda xorijiy tillarni oʻrganishlari mumkin.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular