18:05 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
91011

Rossiya fuqaroligini olganlar orasida eng koʻp Ukraina, Tojikiston, Qozogʻiston va Armaniston fuqarolari.

TOSHKENT, 1 fev – Sputnik. Oʻtgan yilda fuqarolikka qabul qilinganlar soni boʻycha Rossiya yangi rekord oʻrnatdi, deb xabar qilmoqda FinExpertiza xalqaro konsalting tarmogʻi.

Xabarda aytilishiga koʻra, 2020 yilda 656,3 ming nafar xorijiy fuqarolar Rossiya pasportini olgan. Bundan oldingi rekord 2005 yilda oʻrnatilgan edi. Oʻshanda 500 mingdan ortiq kishiga Rossiya fuqaroligi berilgan edi.

2020 yilda Rossiya fuqaroligini olganlar orasida eng koʻp quyidagi fuqarolar:

  1. Ukraina 409 347 (62%)
  2. Tojikiston 63 389 (10%)
  3. Qozogʻiston 43 404 (7%)
  4. Armaniston 30 538 (5%)
  5. Oʻzbekiston 23 131 (3.5%)

Undan tashqari 2020 yilda berilgan Yashashga ruxsatnoma va Vaqtincha yashashga ruxsatnomalar soni ham 900 mingdan oshgan. Ular orasida Ukraina fuqarlari – 192 ming, Tojikiston – 147 ming va Oʻzbekiston fuqarolari 128 ming kishini tashkil qilmoqda. Ushbu shaxslar kelgusi yillarda Rossiya fuqaroligini olishi mumkin.

Asosiy mavzular