Qiyin ahvolda qolgan migrantlarga hokimiyat yordam beradi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent
Vivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Mehnat migrantlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir necha viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus jamg‘armalar tashkil etildi.
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi kengaytirilmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiri tashqi mehnat migratsiya agentligiga asosan xabar qilmoqda. 
Xususan, ushbu maqsadda mahalliy hokimiyatlar huzurida maxsus jamg‘armalar tashkil qilinmoqda. Jamg‘arma, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbaalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantirib boriladi.
Jamg‘arma xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi:
  • xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;
  • Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;
  • vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1 ming AQSh dollarigacha xizmatlar haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzurida “Xorijdagi mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy yordam ko‘rsatish” jamg‘armalari tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Mehnat vazirligi huzurida ham Migrantlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan. U jamg‘armaning faoliyati yanada kengroq sohalarni qamrab oladi. 
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamg‘armalar O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0