"Yevropada ishlaysan": fuqarolarni chet davlatda quldek ishlatgan shaxslar qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Obuna bo‘lish
Xususan, firibgarlar Kiyevdagi qurilish firmasida o‘z vatandoshlarining pasportlarini olib qo‘yib, 75 kun davomida moddiy jihatdan o‘ziga qaram qilgan holda og‘ir mehnat sharoitlarida ishlatib, 17 500 AQSh dollari miqdoridagi ish haqlarini bermasdan aldab kelishgan.
TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Toshkent shahrida 14 nafar fuqaroni chet davlatlarga ishga yuborib, ularni turli qiyinchiliklarga duchor qilgan shaxslar faoliyati fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
Hozir Rossiyaga ishga ketish tartibi qanday - Migratsiya agentligi javobi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan fuqaro Q.M. va boshqalarning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. va S.S.lar oldindan til biriktirib, Q.M. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Yevropa davlatlariga oyiga 2000-3000 AQSh dollari to‘lanadigan ishga yuborish hamda ishchi vizalarini olib berish evaziga jami 5 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Bundan tashqari, S.S. va boshqalar jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019-yilning noyabr oyida 14 nafar fuqaroni Ukrainaning Kiyev shahrida oyiga 500 AQSh dollari oylik to‘lanadigan qurilish ishlarida ishlab, keyin Yevropa davlatlariga ishga o‘tkazib berishga ko‘ndirib, Kiyevdagi qurilish firmasida fuqarolarning pasportini olib qo‘yib, 75 kun davomida moddiy jihatdan o‘ziga qaram qilgan holda og‘ir mehnat sharoitlarida ishlatib, 17 500 AQSh dollari miqdoridagi ish haqlarini bermasdan aldab kelishgan.
Kak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2021
Rossiyaga ishga ketish uchun suhbatlar qanday bo‘lib o‘tmoqda
Shundan so‘ng ushbu fuqarolarni Belorussiya davlatining Gomel shahriga va Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga olib borishib, go‘yoki shu yerdan Yevropaga ishchi vizasini olib berishi haqida takror aldashib, ularning mazkur davlatlarda ishsiz yurib, turli qiyinchiliklarga duchor bo‘lishiga sababchi bo‘lishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar M.A., S.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0