05:49 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
76210

2021 yilda 500 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini Germaniyada mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari, Tashqi ishlar vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Germaniyadagi elchixonasi va Germaniyaning "GfM Gruppe" kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Videoaloqa shaklida oʻtkazilgan muloqotda Oʻzbekiston fuqarolarini Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish masalasi boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston fuqarolarini tibbiyot, qurilish, yoʻlsozlik, informatsion texnologiyalari, logistika, qariyalarni parvarish qilish, metalkonstruktsiyalari va boshqa texnik sohalarida Germaniyada Federativ Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish masalasi boʻyicha Hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Ushbu kelishuvga binoan, 2021 yilda 500 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini Germaniyada mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekistonda "GfM Gruppe" kompaniyasining oʻquv muassasasini ochish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Asosiy mavzular