05:44 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
56301

Migrantlarga Saxa respublikasi (Yoqutiston) hududida iqtisodiy faoliyatning 33 turi bilan shugʻullanish taqiqlandi.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Yoqutistonda patent olgan chet elliklarga ishga joylashish taqiqlandi, deb xabar beradi viloyat hukumati matbuot xizmati. Bu haqda Yakutiya rahbari Aysen Nikolayev tegishli farmonni imzoladi.

"Saxa Respublikasi (Yoqutiston) hududiga kelgan chet el fuqarolarining aksariyati mehnat migrantlari (76,9%). 1 fevral holatiga koʻra, ularning respublikadagi soni 15,3 ming kishini tashkil etadi, shundan 1,3 ming nafari patent asosida ishlaydi", - dedi aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Stepan Moskvitin.

Xususan, chet elliklarning qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, ovchilik, ishlab chiqarish, qurilish, savdo, transport, mehmonxona, ilmiy-texnik faoliyat, koʻchmas mulk bilan operatsiyalar, taʼlim sohasida, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar, huquq, buxgalteriya hisobi, arxitektura va muhandislik, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik, jami 33 turdagi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ishlashiga cheklov oʻrnatildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yoqutistonda migrantlarga yordam berish uchun "Hamdoʻstlik" mobil ilovasi ishlab chiqilgan.

Birinchi bosqichda ilova rus, yoqut, ingliz, xitoy, oʻzbek, tojik va qirgʻiz tillarida ishlaydi. Ilovani boshqa tillarga ham tarjima qilish rejalashtirilgan.

Yoqutistonda migrantlarning eng katta ulushini Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari tashkil etadi. Hududga asosan mehnat migrantlari migrantlari (76,8%) keladi.

Teglar:
Rossiya, migrantlar, migratsiya

Asosiy mavzular