Rossiyaga migrantlarning kirishini soddalashtirish hukumatda faol muhokama qilinmoqda – Peskov

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSbor urojaya klubniki v Krasnodarskom krae
Sbor urojaya klubniki v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga migrantlarning kirishini soddalashtirish mavzusi hukumatda qizg‘in muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining mamlakatga migrantlarni mavsumiy dala ishlari uchun kiritish iltimosiga munosabat bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya hukumatining masalasidir.
“Bilasizmi, bu ishchi kuchi yetishmayotgan qurilish sohasida ham ko‘tarilgan edi, ko‘tarilishda davom etmoqda. Shu bois ha, bu hozir hukumatda faol muhokama qilinayotgan mavzudir”, - dedi Peskov jurnalistlar bilan uchrashuvda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Peskovdan bu masala bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putinning pozitsiyasi bor yoki yo‘qligi so‘raldi.
Stroitelstvo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Rossiyada suvoqchi va g‘isht teruvchi ustalar yetishmayapti
“Yo‘q, bu hukumat masalasidir”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy yanvar oyi oxirida Moskvada chet ellik ishchilarning jiddiy yetishmasligini ma’lum qilgan edi. Shuning uchun qurilish obyektlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilishga oid ish olib borilmoqda.
Mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha arizalar onlayn qabul qilinadi
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi “PIK Industriya”, “Texstroy” va Rossiyaning boshqa ish beruvchi tashkilotlari o‘zbekistonliklarni Moskva va Moskva viloyatidagi qurilishlarga saralash olish uchun tanlovlar o‘tkazishini aytdi.
Kuni kecha 189 nafar o‘zbekistonlik tanlov doirasida qurilish sohasida vaqtinchalik ishlash uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
Xorijda qiyin ahvolda qolgan migrantlar qayerga murojaat qilishi kerak?
“Migratsiya- XXI asr” fondi prezidenti Vacheslav Postavnin “Sputnik” agentligi bilan suhbatda Rossiyada ishchi kuchi yetishmasligi muammosi nafaqat qurilish sohasi, balki qishloq xo‘jaligida ham mavjudligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning janubiy viloyatlarida o‘zbekistonlik migrantlarga har qachongidan ham zarur.
Yangiliklar lentasi
0