15:19 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
59410

Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada transport va logistika sohasidagi ishlarga tashkillashtirilgan holda jalb qilish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari bilan Moskva viloyatida joylashgan “Delovыe linii” (“Ishbilarmonlar yoʻnalishi”) transport-logistika kompaniyasi ofisida boʻldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.

“Kompaniya bosh direktorining oʻrinbosari Stanislav Yershov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Rossiya tomonining manfaatlarini hisobga olgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri ishchi kadrlar bilan taʼminlash uchun Oʻzbekistonda kadrlarni tanlab olish boʻyicha oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, “Delovыe linii” kompaniyasi tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga yuklarni tashish boʻyicha transport-logistika xizmatlarini koʻrsatib keladi.

Ayni paytda butun Rossiya boʻylab kompaniyaning 240 ta boʻlimi mavjud boʻlib, ularda 1 ming 400 dan ortiq oʻzbekistonlik mutaxassis mehnat qiladi.

Oʻzbekistonlik migrantlar Rossiyada nafaqat qurilishlarda kerak – Postavnin 

Eslatib oʻtamiz, hozir Rossiyaning “PIK Industriya” AJ va “Texstroy” MCHJ qurilish korxonalari ishlash uchun oʻzbekistonliklarni saralab olmoqda. Ochiq tanlov asosida suhbatdan oʻtgan fuqarolar Moskva shahriga joʻnab ketmoqda. Kuni kecha fuqarolarning navbatdagi guruhi Moskvaga keldi.

Asosiy mavzular