23:37 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
25210

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Rossiyada migrantlarni kovidga qarshi emlashga eʼtibor qaratilishi kerakligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev mamlakat SSV va Rospotrebnadzor migrantlarni, ayniqsa xizmat sohasida ishlayotganlarni emlashga eʼtibor qaratishlari lozim deb hisoblaydi.

“Ular (migrantlar – tahr.) tibbiy yordamga ham muhtojlar, men barchasini nazarda tutyapman, jumladan, xorijlik ishchilarni, ayniqsa fuqarolarga xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlganlarni koronavirusga qarshi emlash”, - dedi Medvedev Rossiyaning migratsiya siyosatini takomillashtirishga bagʻishlangan yigʻilishda.

Uning soʻzlariga koʻra, migrantlar ham qolgan boshqalar singari virus tarqatishadi.

“... shu bois bu maʼnoda migrantlar Sogʻliqni saqlash vazirligi va Rospotrebnadzorning diqqatiga tushishi kerak”, - deya taʼkidladi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanishi haqidagi savolga javob bergan edi.

Asosiy mavzular