19:18 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
54210

Rossiyada patent rasmiylashtirish uchun talab etiladigan tibbiy koʻrik xizmatlarini Oʻzbekistonda tashkil etish ham muhokama qilindi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda tanlash va jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya Hukumatlari oʻrtasidagi kelishuvni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhining yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar qilmoqda.

Videokonferentsaloqa shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Rossiya va Oʻzbekistonning Mehnat vazirligi, IIV, SSV, Qurilish vazirligi, Rossiya Xalqlar doʻstligi universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Ishchi guruhi yigʻilishida Hukumatlararo kelishuvning amalga oshirish jarayoni, xususan, pandemiya sharoitida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Rossiya iqtisodiyotining turli tarmoqlariga ishga jalb qilish, fuqarolarni rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha oʻqitish yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekistonliklarni Rossiyada transport sohasiga ishga jalb qilish muhokama qilindi

Shuningdek, Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent rasmiylashtirish uchun talab etiladigan tibbiy koʻrik xizmatlarini Oʻzbekistonda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Teglar:
migrantlar, migratsiya, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular