23:25 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik /

Ushbu infografikamizda karantin majmuasida vaqtincha yashashga majbur boʻlgan fuqarolar uchun tuzilgan taomnoma bilan tanishing. 

Koronavirus epidemiyasi boshlanganidan soʻng, Oʻzbekiston oʻzining xorijdagi fuqarolarini vataniga qaytarish chora tadbirlarini koʻra boshladi. Birinchi navbatda Xitoyning Uxan shahridan olib kelingan oʻzbekistonliklar Toshkent viloyatida joylashgan oromgahlarga joylashtirildi. 

Keyinchalik Rossiya, Yevropa va boshqa mamlakatdan ham minglab fuqarolar vataniga qaytarila boshlanganidan soʻng Toshkent shahar hokimligi tomonidan karantin majmuasi qurilishi haqida qaror qabul qilindi. 

Bir necha yuzlab dengiz konteynerlari qisqa vaqt ichida qayta jihozlanib vaqtincha yashash joyiga aylantirildi. U yerga 7500 nafar xorijdan qaytgan fuqarolar joylashtirildi. 

Karantin majmuasida yashayotgan fuqarolar uchun 3 mahal issiq ovqat, shaxsiy gigiyena xonalari, kir yuvish joyi va boshqa xoʻjalik xizmatlari ishga tushirildi.

Ushbu infografikamizda karantin majmuasida vaqtincha yashashga majbul boʻlgan fuqarolar uchun tuzilgan taomnoma bilan tanishing. 

Yana infografika

Asosiy mavzular