10:17 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Nostradamus, arxiv surat

Nostradamusning 2017 yilga bashorati

© Wikipedia/ Anonymous
Yangiliklar
Havola olish
136731710

Kuni kecha, 14 dekabr kuni Nostradamus sifatida shuhrat qozongan Mishel de Nostrdam 513 yoshga toʻldi. Sputnik olim tomonidan 2017 yilga qilingan eng muhim bashoratlarni eʼtiborlaringizga taqdim etadi

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Taniqli munajjim, shifokor, olim va bashoratchi Mishel de Nostdam 1503 yil 14 dekabr kuni Frantsiyaning Sen-Remi-de-Provans shahrida dunyoga kelgan. Ilk bashoratlari xalqqa "Mishel Nostradamusning bashoratlari" deb nomlangan kitobda taqdim etilgan. Sputnik Estoniya xabari asosida.

Quyida, Nostradamusning 2017-yilga bashoratlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Munajjim bashoratlariga koʻra, 2017-yilda Eron va Turkiya oʻrtasida harbiy mojaro roʻy beradi. Ushbu mojaroda eronliklar gʻalaba qozonadi.

Nostradamusga koʻra, 2017-yilda nasroniylar va islomchilar oʻrtasida harbiy harakatlar davom etadi. Ammo dunyo olimlari yangi toʻqnashuvlar roʻy beradimi yoki mavjud mojarolar yanada chuqurlashadimi, aniqlashga muvaffaq boʻlmadilar, deb yozgan Sputnik Estoniya.

Nostradamus, shuningdek, oʻz kitobida kelayotgan yilda Frantsiya va Germaniyada rahbarlar oʻzgarishini bashorat qilgan.

Bundan tashqari, Frantsiya suv resurslari muammosiga duch kelishi qoʻshimcha qilingan. Taxminlarga koʻra, mamlakat suv havzalari ifloslanib, aholi uzoq vaqtga suv tanqisligiga duch kelishi aytilmoqda.

Ayrim tanqidchilarning soʻzlariga koʻra, Nostradamus bashoratlari shunchaki taxmin va hissiyot asosida qilingan prognozlardan iborat, bu bashoratlarning insoniyatga hech qanday dahli yoʻq.

Nostradamus Qiyomat oldidan roʻy beradigan voqealarni bashorat qilgan

2018 — Xitoy — dunyoning eng kuchli mamlakatiga aylanadi. Rivojlanayotgan davlatlar esa ekspluatatsiya qilinayotgan sinfdan ekspluatatorlarga aylanadilar.

2028 — Yangi quvvat manbaining kashf qilinishi. Ochlik asta-sekin yengiladi. Boshqariladigan fazo kemasi Veneraga qarab yoʻl oladi.

2046 — insonning istalgan tana aʼzosi yetishtirila boshlaydi. Organlarni almashtirish davolashning eng yaxshi usullaridan biriga aylanadi.

2066 — Musulmon Rimga hujumi vaqtida AQSH iqlim deb atalgan yangi qurol turidan foydalanadi. Keskin havo sovib ketishi hodisasi roʻy beradi.

2183 — Mars sayyorasidagi mustamlaka yadro derajavasiga aylanadi va Yer sharidan mustaqil boʻlish talabini qoʻyadi (qachonlardir AQSH Angliyadan mustaqil boʻlishni talab qilganidek).

2279 — "Hech vaqodan quvvat" (ehtimol, vakuum yoxud "qora tuynuklardan").

2480 — Ikkita sunʼiy quyosh toʻqnashuvi. Yer shari qorongʻilikda qoladi.

3797 — Bu vaqtga kelib Yer sharida jamiki tirik mavjudotlar qirilib ketadi, ammo insoniyat boshqa yulduzlar tizimida yangi hayot uchun manbaga asos solishi mumkin.

Teglar:
2017 yil, Nostradamus bashorati

Asosiy mavzular