21:15 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
622268

Armiya safidan oʻrin olish uchun xizmatga chaqirilayotgan yoshlar mamlakat tarixi, matematika, ona tili va adabiyotidan test topshiriqlarini yechishlari kerak boʻladi

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Yaqinda Shavkat Mirziyoyev qarori bilan eʼlon qilingan armiyaga chaqiruv yangi qoidalar asosida oʻtadi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi vakili Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga boʻlib oʻtgan matbuot-anjumani davomida.

2016 yilning may oyida Mudofaa vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamkorligida Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tayyorlagan edilar. Mazkur Nizom tegishli idoralar bilan kelishilgan holda, iyul oyida Adliya vazirligida roʻyxatga olingan.

Oʻzbek harbiylari
Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan
"Mazkur nizomga muvofiq, chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarligini aniqlash boʻyicha sinovlar 25 sentyabrdan kelgusi yilning 15 yanvarigacha mudofaa organlari tomonidan, ularning bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlari esa 10 oktyabrdan kelgusi yilning 15 yanvarigacha Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligini tekshirish endilikda 25 sentyabrdan 15 yanvarga qadar oʻtkaziladi. Shuningdek, tanlovni oʻtkazish uchun rezerv kunlar ham belgilangan, ular 16-21 yanvar kunlaridir", — deb taʼkidlagan suhbatdosh.

"Tanlov ishtirokchilari test topshiriqlarini bajarib boʻlishgach, Davlat test markazi ularning javoblari asosida oʻrtacha ballni chiqaradi, va bu armiya safidan oʻrin olishning oʻziga xos plankasi sifatida xizmat qiladi. Oʻrta balldan yuqori ball olganlar xizmatga roʻyxatdan oʻtkaziladi", — deb taʼkidlagan suhbatdosh.

Xabarga koʻra, chaqiriluvchi oʻz xizmat joyi va qoʻshin turini mustaqil tanlash huquqiga ega boʻlmaydi. Bu masalani Chaqiruv komissiyasi hal qiladi. Taʼkidlanishicha, komissiya harbiy xizmatga chaqiriluvchining testlardan olgan ballari, sogʻligʻi holati, jismoniy koʻrsatkichlari va oilaviy ahvolidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi.

Teglar:
yangi qoidalar, xizmat, armiya

Asosiy mavzular