07:20 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
24511

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK yangi Boeing 787-8 Dreamlinerlarni 2019-2020 yillarda olib keladi, deb xabar qilingan Milliy aviakompaniya rasmiy saytida

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Dreamlinerlar Oʻzbekistonga 2019-2020 yillarda keltiriladi, deb xabar qilingan Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi rasmiy saytida.

""Oʻzbekiston Havo yoʻllari" MAKni modernizatsiya va unifikatsiya qilish dasturi doirasida "Boing" korporatsiyasi bilan yana toʻrtta yangi avlod Boeing 787-8 Dreamlinerlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi. Yangi "Orzu laynerlari" 2019-2020 yillarda olib kelinishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.

Ilgariroq, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi yana toʻrtta Boeing-787 Dreamliner samolyotiga buyurtma bergani haqida xabar qilgan edik.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston aviakompaniyasi 2016 yilda ikkita Boeing-787 Dreamliner avialaynerini sotib olgandi.

Teglar:
orzu layneri

Asosiy mavzular