TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 mart kuni poytaxtda havo oʻzgarib turadi. Yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0…+2 daraja, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +3 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +2…+7, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0…+5 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Samarqand viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +1…+6 daraja salqin, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
16-18 mart kunlari Respublikaning togʻli hududlarida koʻchki boʻlishi xavfi bor.
18-19 mart kunlari Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel ketishi xavfi bor.