20:55 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
164 0 0

Foydalanuvchilar guruhlarida chop etilgan eʼlonlardan farqli oʻlaroq doʻkonlar mahsulotlari qoʻyilgan eʼlonlar muddatsiz boʻladi. Guruhlarda mahsulotlarni joylashtirish bepul

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻi internet-doʻkonlar va brendlarning mahsulotlari va xizmatlari namoyish etilgan koʻrgazma maydonchalarini sinovdan oʻtkazmoqda, deb xabar qildi OK matbuot-xizmati.

Endilikda ijtimoiy tarmoqda Megogo va ShowJet xizmatlaridan filmlar va seriallarga, "Sportmaster", "Media MarkEt", "Clarins"lardan mahsulotarga buyurtma berish imkoni mavjud. Yaqin kunlarda tovarlar koʻrgazmasini namoyish etish imkoniyati barcha guruhlar uchun yoʻlga qoʻyiladi.

Koʻrgazmaga guruh maʼmurlari alohida mahsulotlar, hamda tovar va xizmatlar turkumini qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladilar. Har bir eʼlon uchun narx, taʼrif va surʼatlar qoʻshish mumkin boʻladi. Shuningdek guruh maʼmuri yangi mahsulotlarni toʻgʻridan toʻgʻri guruh yangliliklar tasmasida namoyish etilishini sozlashi mumkin.

V Odnoklassnikax poyavilis internet-magazinы
Press-slujba Odnoklassnikov
V Odnoklassnikax poyavilis internet-magazinы

Foydalanuvchilar guruhlarida chop etilgan eʼlonlardan farqli oʻlaroq doʻkonlar mahsulotlari qoʻyilgan eʼlonlar muddatsiz boʻladi. Guruhlarda mahsulotlarni joylashtirish bepul.

Mahsulot yoki xizmatlarga guruh chati orqali, eʼlondagi "Bogʻlanish" tugmasi yoradmida, buyurtma bersa boʻladi. Sotuvchilar buyurtmalarni qabul qilish uchun botlarni sozlashlari va ularni Odnoklassnikining ochiq "API"si orqali xabarlar bilan ishlovchi tizimlarini integratsiya qilishlari mumkin boʻladi. "Bogʻlanish" tugmasiga ega eʼlonni promo-post sifatida Odnoklassniki tasmasida "myTarget" platformasi orqali targʻib qilish imkoniga ega boʻladi. Hozirgi vaqtda mahsulotlar koʻrgazmasi faqat ijtimoiy tarmoqning veb koʻrinishida ishlamoqda. Yaqin vaqtda u mobil qurilmalarda ham mavjud boʻladi.

"Odnoklassniki – shunchaki ijtimoiy tarmoq emas. U xizmatlar va ilovalar eko-tizimidir, — deydi Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedchin. — Biz foydalanuvchilar Odnoklassnikida xamma kerakli narsalarni: doʻstlarni, qiziqarli kontentni, foydali mahsulotlar va xizmatlarni izlab topishlarini xohlaymiz. Bir necha oy oldin biz eʼlonlar maydoniga ishonchli qadam bosdik va mahsulotlar va xizmatlar sotish xizmatini ishga tushirdik. Tajribamiz muvaffaqiyatli oʻtdi va biz xizmatga boʻlgan talabni koʻrdik. Bizning bu yoʻnalishdagi ikkinchi qadamimiz tizimni biznes vakillari, ayniqsa kichik va oʻrta biznes vakillari uchun moslashtirish. Ishonamizki, qulay xizmat xam xaridorlar, xam doʻkonlar uchun jarayonni yengillashtiradi va ijtimoiy tarmoqlarda biznesni yanada rivojlantirishiga yangi turtki beradi".

V Odnoklassnikax poyavilis internet-magazinы
Press-slujba Odnoklassnikov
V Odnoklassnikax poyavilis internet-magazinы
Teglar:
magazin, Odnoklassniki, internet

Asosiy mavzular