Samarqandning Jomboy tumanida firibgarlik jinoyati oshgan

© StringerO‘zbekiston militsiya xodimlari mashinasi
O‘zbekiston militsiya xodimlari mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha Samarqand viloyati hududiy komissiyasi 10 kun davomida Jomboy tumanida IIB faoliyatini o‘rgandi

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Camarqand viloyati Jomboy tumanida 2017-yilning o‘tgan uch oyi davomida 58 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 taga kamaygan. Biroq jinoyatlarning firibgarlik, giyohvandlik, odam o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq turlari oshgan.

Mirziyoyev Buxoro viloyati IIBB boshlig‘ini ishdan oldi
Bu haqda 17-aprel kuni xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida xabar qilingan, deb yozdi "Zarafshon" nashri.

Ta’kidlanishicha, tumandagi mahallalarning 18 tasida jinoyatlar sodir etilgan.

Ayrim profilaktika inspektorlarining malakasizligi, o‘zining bilim va ko‘nikmalarini hamda amaliy tajribasini oshirishga istagi va intilishi yo‘qligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida davlat va nodavlat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qilmaganligi, shuningdek, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan.

Tumanni o‘rganish jarayonida 329 ta shar’iy nikohda bo‘lgan oilalar aniqlangan va bu oilalarning qonuniy nikohdan o‘tishi hamda farzandlarini tug‘ilganlik guvohnomalari bilan to‘liq ta’minlashga erishilgan.

Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlar tushuntirish berishgan.

Yangiliklar lentasi
0