TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Bank tizimi oldida milliy valyutani mustahkamlash, inflyatsiya oʻsishining rejalashtirilgan miqdoridan oshmasligini taʼminlash, valyuta bozorini liberallashtirish vazifalari qoʻyilgan edi, deb taʼkidladi respublika Markaziy banki rasmiy vakili.
Amaldorning tushuntirish berishicha, valyuta tushumini davlatga majburiy sotish holatini bekor qilishdan tashqari, maxsus analitik guruh tashkil qilingan boʻlib, ular soʻnggi joriy etilgan yangiliklarni kuzatib borish bilan shugʻullanadi.
Tijorat banklari ayni vaqtda faol ravishda chet el sarmoyalarini jalb qilib kelmoqda. Shoahmedovning ishontirib aytishicha, bu valyutani erkin ayriboshlash sari tashlanayotgan ilk qadamdir.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.