07:35 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
731 0 0

Bojxona nazoratini chetlab oʻtish maqsadida kontrabandachilar rangli metallarni Kozogʻistonga aylanma yoʻllar orqali olib chiqishga harakat qilishgan

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan koʻp miqdorda rangli metallar partiyasi olib chiqilishining oldi olindi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Milliy xavfsizlik xizmati vakili xabar qildi.

Xabarga koʻra, tezkor xodimlar Qozogʻistonga rangli metallar partiyasi olib chiqilishiga tayyorgarlik koʻrilayotganligi haqida maʼlumot olishgan. Bojxona nazoratini chetlab oʻtish maqsadida, kontrabandachilar yukni koʻp tonnalik transport vositasida aylanma yoʻllar orqali chegaraoldi Taxtakoʻpir tumani orqali qoʻshni davlatga olib chiqishni koʻzlaganlar. Lekin kontrabanda operatsiyasi yuk avtomashinasining texnik nosozligi tufayli amalga oshirilmay qoldi.

"Maxsus xizmat xodimlari tomonidan davlat chegarasi yaqinida davlat raqamlari boʻlmagan shubhali yuk avtomashinasi aniqlandi. Tezkor xodimlar voqea joyiga yetib borishganida, yuk avtomashinasi oldida hech kim boʻlmagan. Avtomashina kuzovi koʻzdan kechirilganda koʻp miqdorda rangli metallar partiyasi borligi aniqlangan. Ehtimol, qoidabuzarlar ushbu yukni Qozogʻistonga olib chiqishni koʻzlashgan", — dedi MXX xodimi.

Qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish uchun "KamAZ" rusumli yuk mashinasi Nukus shahriga yetkazilgan. Ekspertiza natijasiga koʻra, transport vositasining kuzovida 11 tonna rangli metallar mavjudligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, qoidabuzarlikka aloqador shaxslar qidirilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
kontrabanda, MXX, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular