Ehtiyot bo‘ling qaynoq suv: Toshkentda isitish tizimi tekshiriladi

© Baxtiyor MUSTANOVSamarkandskie teplotrassi
Samarkandskie teplotrassi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Toshissiqquvvati" poytaxt aholisini shahar issitish tizimini rejali tekshiruvdan o‘tkazish vaqti quvurlar yorilib ketish xavfi haqida ogohlantirdi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Toshkent shahrida kelgusi issitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 12-19 may kunlari shahar isitish tarmoqlari rejali tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

"Toshissiqquvvati" korxonasi xabar berishiga ko‘ra, tekshiruv davomida issiq suv quvurlarining yorilib ketishi va qaynoq suv avtomobil va piyodalar yo‘llariga otilib chiqishi ehtimoli mavjud. Ushbu munosabat bilan, muassasa haydovchi va piyodalardan, shuningdek ma’muriy binolar ichida bo‘lgan fuqarolardan ehtiyot bo‘lishni so‘raydi.

Tekshiruvlar quyidagi jadvalga ko‘ra amalga oshiriladi:

12 may kuni — TS-5. Chilonzor: 11-12- kvartal, 11-12, G9 A, 16-20A, 24-26, S, 20A, Dombrobod massivi, Farxod, Choponota, Bog‘ibo‘ston, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Qizirobod, Katta Xirmontepa, Shirin, M. Shayxzoda ko‘chalari.

16 may kuni TS-9. Chilonzor: 9, G9A, 10, 13-15, 15A, 21-25, 30, 31 kvartallar, Sharq, Al-Xorezmiy — 1, 2, Beshqayrog‘och, Guliston, Izza massivlari, Taqachi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Katta xalqa yo‘li, O‘rikzor, Katta Xirmontepa, Kichik xalqa yo‘li, Beshqayrog‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yu.Sakkoki, Foziltepa, Farxod ko‘chalari, O‘rikzor bozori hududi.

17 may kuni — TS-1. Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muxammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, 1-chi Oqqo‘rg‘on tor ko‘chasi, Osiyo, Navnixol, Buz, Sayram 6-chi tor ko‘chasi, Chust, Miraimova, Katta Dorxon, Geologiya, I. Muminov, Niyozbek yo‘li, Kichik xalqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Navnixol, Ziyolilar, Mirzokolon Ismoiliy, Bog‘ishamol, Parkent, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Tashselmash, Mavlono Riyoziy, Xamid Olimdjon maydoni massivlari.

17 may kuni ToshTES (M-5). Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Navoy, Bobur, Glinki, Afrosiyob, Sh.Rashidova, Oybek, Ya. G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Mahtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, S. Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Elbek, Kichik xalka yo‘li, Shaxrisabz, T. Shevchenko, Nukus, Kichik Beshag‘och, Fidokor, A.Kohhor, Moshtabib, Mirobod ko‘chalari, S-1, 2, 4, 5, 7 massivlari.

"Toshissiqquvvati" ushbu noqulayliklar uchun aholdan uzr so‘raydi. Shuningdek, korxona issiqlik tarmoqlarida mavjud bo‘lgan nosozliklar haqida 215-72-73 telefon raqami orqali xabar qilishni iltimos qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0