06:36 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (30)
221742

Boshlanadigan oʻquv yilida Samarqand davlat universitetida oʻqishga qabul boʻyicha umumiy kvota hajmi oshirilib, bakalavrlar uchun 2000 nafar (oʻtgan yili 1615 nafar), magistrlar uchun 209 nafar (oʻtgan yili 131 nafar) etib belgilandi

TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik. Bugun viloyatimizning barcha oliy taʼlim muassasalarida navbatdagi oʻquv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayoniga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Harbiy qasamyod
Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan
"Boshlanadigan oʻquv yilida Samarqand davlat universitetida oʻqishga qabul boʻyicha umumiy kvota hajmi oshirilib, bakalavrlar uchun 2000 nafar (oʻtgan yili 1615 nafar), magistrlar uchun 209 nafar (oʻtgan yili 131 nafar) etib belgilandi. Bundan tashqari, universitetda kimyoviy texnologiyalar, biotexnologiyalar hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi boʻyicha yangi yoʻnalishlar tashkil etilib, ularda 70 nafar mutaxassis tayyorlash imkoniyati yaratildi.

Magistratura taʼlimi yoʻnalishida shu davrgacha mavjud boʻlmagan oʻzbek tili va adabiyoti, etika va estetika hamda atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika boʻyicha mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi", — deyiladi xabarda.

Samarqand davlat chet tillar institutida esa oʻqishga qabul boʻyicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 604, magistrlar uchun 66 nafar etib belgilandi. Oʻqishga qabul boʻyicha umumiy kvota oʻtgan yildagiga qaraganda 104 nafarga koʻpaydi.

Ayni paytda qabul komissiyalarida abituriyentlardan qabul qilinadigan hujjatlar, maʼlumotlar aks etadigan maxsus eʼlon taxtalarini tayyorlash, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor javob berish, "ishonch telefoni" faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xabarda taʼkidlanishicha, abituriyentlarga hujjat topshirish jarayonida zarur boʻladigan oʻquv qurollari savdosi, suratga olish, ovqatlanish, abituriyentlar va ularning ota-onalariga hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoit tashkil qilinadi

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (30)
Teglar:
kvota, SamDU, abiteriyent, imtihon

Asosiy mavzular