21:06 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
Migratsiya (77)
268 0 0

Saxarovoda joylashgan koʻpfunktsional migratsiya markazi mehnat muhojirlariga qulaylik yaratish maqsadida oʻz saytida maʼlumotlarni beshta tilda joyladi

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Saxarovadagi Migratsiya markazi migrantlar qulayligi uchun patent olish toʻgʻrisida maʼlumotlarni 5ta tilda joylaganini maʼlum qildi.

Endilikda saytning Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida patentni rasmiylashtirishga doir barcha maʼlumotlarni rus, oʻzbek, tojik, ozarbayjon va moldova tillarida oʻqish mumkin.

Saytda eng soʻnggi muhim maʼlumotlar, patent olish uchun hujjatlar qancha muddatda topshirilishi zarurligi, patent rasmiylashtirilishi tartibi, ikkinchi marta patent olish va boshqa koʻplab maʼlumotlar sof oʻzbek tilida joylashtirilgan.

Misol uchun markazi Oʻzbekiston fuqarolari 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab patent rasmiylashtirish uchun faqat biometrik pasport taqdim etishlari shartligi haqida eslatib oʻtgan.

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun shuningdek, patentni toʻlash qay tarzda amalga oshirilishi va patent toʻlanganligini qay tarzda tekshirish mumkinligi haqida ham oʻzbek tilida maʼlumot taqdim etilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Migratsiya (77)
Teglar:
patent, migratsiya markazi, Saxarovo

Asosiy mavzular