16:53 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
TIV rahbari Abdulaziz Kamilov

Kamilov: Human Rights Watch avgustda Toshkentga keladi

AFP PHOTO
Yangiliklar
Havola olish
114 0 0

Kamilovning soʻzlariga koʻra, delegatsiyaga HRWning Markaziy Osiyo muammolari boʻyicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov boshchilik qiladi

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch (HRW) tashkiloti avgust oyida Oʻzbekistonga tashrif buyuradi, deb taʼkidladi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi" hamkorlik kengashi yigʻilishi yakuni boʻyicha oʻtkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Kamilovning soʻzlariga koʻra, delegatsiyaga HRWning Markaziy Osiyo muammolari boʻyicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov boshchilik qiladi.

Vazir shuningdek, tashkilotning ijrochi direktori Kennet Rot bilan yaqindan muloqot qilib kelayotganini taʼkidlab oʻtgan.

"Shunga oʻxshash boshqa tashkilotlar ham kelishadi, ular bilan hamkorlik qilamiz, kun tartibidan yashiradigan yoki chiqarib tashlaydigan narsamiz yoʻq", — degan Kamilov.

Ammo vazir ularning kelishi Oʻzbekiston "ular qoʻyadigan barcha talab va shartlarga rozi" degan maʼnoni anglatmasligini qoʻshimcha qilgan.

"Harakat ikkiyoqlama boʻlishi kerak. Agar qayerdadir manfaatlarimiz mos tushmasa, bu har qanday hamkorlik yoʻqqa chiqadi, degani emas. Baʼzi muammolar boʻyicha biz oʻz qarashlarimizga ega boʻlsak, shu turdagi tashkilotlar oʻz qarashlariga ega. Bu haqda ommaviy ravishda taklif kiritganmiz, aytganmiz — biz manfaatlarimiz mos tushadigan maydonda hamkorlik qilishga va bu hamkorlikni birgalikda kengaytirishga, munozarali masalalarni birgalikda muhokama qilib, yechim topishga tayyormiz. Bularning barchasi bir-birimizni yanada koʻproq tushunishimiz uchun amalga oshiriladi", — deb taʼkidladi Oʻzbekiston TIV rahbari.

Yevropa Ittifoqi bilan oʻzaro hamkorlik haqida gapirar ekan, Kamilov "ayrim oʻta muhim masalalarda ikki tomonning qarashlari tobora mos tushayotganini" aytib oʻtgan. Gap Oʻzbekistondagi demokratik oʻzgarishlar, inson huquqlari va umuman siyosiy islohotlar haqida bormoqda.

Tomonlar oʻrtasida kengqamroqli aloqalar yoʻlga qoʻyilgan, deb fikr bildirgan Kamilov.

Asosiy mavzular