O‘zbekistonning eng yaxshi ekspert-kriminalisti aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishEkspertlar narkopritondan aniqlangan ashyoviy dalillardan qo‘l izlarini olishmoqda
Ekspertlar narkopritondan aniqlangan ashyoviy dalillardan qo‘l izlarini olishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shumanay tumani IIB katta eksperti, katta leytenant R.Uzakbergenov eng yaxshi ekspert-kriminalist deb topildi

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Respublika ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Xodimlar kasbiy, jismoniy, jangovor tayyorgarliklari bilan kuch sinashdilar, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston IIV ishonch telefonini yo‘lga qo‘ydi
Ikki kun davomida o‘tkazilgan bellashuvda "Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi" nominatsiyasi bo‘yicha barcha natijalarda yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi jamoasi 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, 2-o‘rin Surxondaryo, 3-o‘rin esa Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmalari jamoalariga nasib etdi.

Sinov natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shumanay tumani IIB katta eksperti, katta leytenant R.Uzakbergenov "Eng yaxshi ekspert-kriminalistika xodimi" nominatsiyasida 1-o‘ringa loyiq topildi.

Qarshi shahar (Qashqadaryo viloyati) IIB eksperti, leytenant I.Toshnazarov 2-o‘rinni, Buxoro shahar IIB eksperti, katta leytenant M.Tagayev 3-o‘rinni egalladi.

© IIV matbuot-xizmatiO‘zbekistonda o‘tkazilgan "Eng yaxshi ekspert-kriminalist xodimlar" tanlovi
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Eng yaxshi ekspert-kriminalist xodimlar tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘tkazilgan "Eng yaxshi ekspert-kriminalist xodimlar" tanlovi

G‘oliblarga Vazirlikning diplom va sovg‘alarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik A.Boboxonov tantanali ravishda topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0